Librería Samer Atenea
Librería Aciertas (Toledo)
Kálamo Books
Librería Perelló (Valencia)
Librería Elías (Asturias)
Donde los libros
Librería Kolima (Madrid)
Librería Proteo (Málaga)
Adabiyot so’z san’ati necha ming yillardan beri insoniyatni ezgulikka va insoniylikka o’rgatib, undab kelmoqda. Bugungi kunda ham bu holat davom etib kelmoqda. U kitobxonlar va adabiyotsevarlar qalbiga yaxshilik urug’larini sochib, ma’naviy jihatdan taraqqiy topishimiz uchun asosiy manba rolini bajarmoqda. U faqatgina manba emas, balki ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan meros yoxud o’gitdir. Adabiyot rivojlansa xalq, millat gullab-yashnaydi, madaniyat va ma’rifat rivojlanadi. Ayniqsa bugungi kunda adabiyotga e’tibor ortib bormoqda. Turli xil kitobxonlik musobaqalari tashkil qilinmoqda. Kitobxonlikni targ’ib qilish kundan kunga kuchaymoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’z ma’ruzalaridan birida: 'Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko’rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo’l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ilhomlantiruvchi kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o’rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz',- degan fikrlarni bejiz aytmagan.