Librería Samer Atenea
Librería Aciertas (Toledo)
Kálamo Books
Librería Perelló (Valencia)
Librería Elías (Asturias)
Donde los libros
Librería Kolima (Madrid)
Librería Proteo (Málaga)
Hozirgi tezkor va shiddatli rivojlanish asrida jamiyat yuksalib, fan taraqqiy etib borayotgan bir davrda arealogik tadqiqotlar ham oʻz yechimini kutayotgan masalalardan biri sanaladi. Bugungi kunda arealogik tadqiqotlar oʻzbek tilshunosligida nisbatan yangi yoʻnalish boʻlganligi va shu kungacha oʻzbek lingvistik atlasi tuzilmaganligi bu boradagi tadqiqotlarning dolzarbligini belgilaydi. Areal lingvistika lisoniy hodisalarning ma’lum hududlarda tarqalishi va shu asosda tillararo aloqalarni oʻrganuvchi yoʻnalishdir. Ushbu ishda arealogik tadqiqotlarni keng ommaviylashtirishning ahamiyatli jihatlari aytib oʻtilgan va qilingan tadqiqot shu boradagi ishlardan biridir. Vobkent tumani misolida shevalarni areal-lingvistik tahlil qilish, bu yerda istiqomat qiluvchi urugʻlarni aniqlash ularning tilga ta’sirini kuzatish oʻzbek tilining yetakchi lahjalari sanalgan qarluq, qipchoq, oʻgʻuzlarning bir-biriga bogʻliqligini oʻrganish, til hodisalarini batafsil izohlash, birliklarning tarqalish izoglossalarini koʻrsatish hamda Vobkent tumanining lingvistik atlasini tuzish maqsad qilingan.